Bir kuni boshliq qo`l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to`ti boshliqqa qarab hadeb: — Sen ablahsan, sen ablahsan, - deyaveribdi. Jahli chiqqan boshliq ishchisiga qarab: — Agar mana shu to`tingni qovurib kelsang, senga istaganingcha pul beraman, - debdi. Ishchisi to`tini olib, oshxonaga chiqibdi. To`tiga rahmi kelib, muzlatgichdan tovuq go`shtini olibdi-yu, qovuribdi. To`tini esa oshxonada stol ostiga yashirib qo`yibdi. Tovuq go`shtini to`tiniki deb o`ylab, paqqos tushirgan boshliq endi eshikdan chiqib ketayotsa, ishchisi: — Xo`jayin, pullarni bermaysizmi? - desa, boshliq: — Qanaqa pul? Nima deyapsan?! - deb o`dag`aylay boshlabdi. Shu payt oshxonadan: — Aytmadimmi, sen ablahsan deb! - dermish to`ti. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)