Bir ayol ijtimoiy ta’minot bo`limiga 15 ta bolasini yetaklab, kirib kelibdi. — Oho! — hayratlandi xizmatchi. — Bularning hammasi o`zingiznikimi? — Ha, hammasi o`zimniki, - javob beradi ona. — O`tir, Eshmat, — desa, hamma bolalar o`tiribdi. — Xo`sh, - debdi xizmatchi, — sizlarni ro`yxatga olishim kerak. Menga bolalaringizni ismlarini aytsangiz. — Hammasi oddiy, — javob beribdi ona. — O`g`il bolalarning ismi Eshmat, qizlarniki esa Anzirat. Quloqlariga ishonmagan xizmatchi yana savol beribdi: — Jiddiy aytyapsizmi? Ularning hammasi Eshmat bilan Anziratmi? — Ha, bu hayotimni ancha yengillashtiradi. Ertalab ularni bitta qilib chaqiraman, hammasi uyg`onishadi. Tushlik vaqtida ham “Eshmat!”, “Anzirat!” deyman, ular kelishadi. Qachon ularga tanbeh bersam, baqir-chaqirni to`xtatadi. Menimcha, bu eng zo`r g`oya! Ijtimoiy yordam xizmatchisi yana savol beradi: — Agarda hammasini emas, faqatgina bitta bolani chaqirmoqchi bo`lsangiz nima qilasiz? — Undami, ularni faqat familiyasi bo`yicha chaqiraman. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)