Yangi mashina olgan bir ayol avtoservisga borib ustaga: — Yangi mashina olgandim, hech o`t olmayapti. Iltimos, bir ko`rib qo`ysangiz, - debdi. Mashinani ko`zdan kechirib bo`lgach, ayolga: — Mashinangizni tuzatish uchun ancha ishlashimiz kerak. Bir necha qismlarini almashtirishimiz kerak. 300 ming berasiz, bir haftada tayyor bo`ladi, - debdi usta. — Bir kunda tuzatishni iloji yo`qmi? - so`rabdi ayol yolvorib. — Bir kunda tuzatsak 500 ming bo`ladi, - degan ekan, ayol pulni berib, — Ertaga kelaman, - deb ketibdi. Shunda shogirdi ustaga: — Nima qilish kerak buni, - desa, usta: — Benzin quyib qo`y! - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)