Ikkita mardikor boyni uyini kraska qilishayotsa, boyni qo`shnisi chiqib: — Kraskani menga sotinglar - debdi. Mardikorlar boyni otini labiga kraskadan surtishibdi-da, kraskani sotib yuborishibdi. Boy kelsa ish to`xtagan. Mardikorlar dam olib o`tirishibdi. Boy hayron bo`lib: — Nimaga ishlamasdan o`tiribsizlar? - deb so`rasa, mardikorlar otni ko`rsatib: — Kraskani otingiz ichib qo`ydi - deyishibdi. Boy otiga qarasa, labi kraska. Shartta cho`ntagidan to`pponchasini chiqarib, otini otmoqchi bo`libdi. Mardikorlar boyni to`xtatib: — To`xtang, axir ot kraskadan qimmat-ku! - deyishsa, boy: — Senlar aralashma! O`tgan yili bu la’nati ikki tonna sementni ham yeb qo`ygan edi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)