Afandi temirchilik qilar ekan. Bir kuni qizigan temirni olib, bolg`alayman deb tursa, boy kelibdi-da, temirga qarab: — Temirni qiziganini qara, ushlasang qo`ling yopishib qolsa kerak-a? — Boy buva, agar hozir bitta tilla tanga bersangiz, qo`limga olib tilimga ham tegizishim mumkin. — Yo`g`eye, mana ol tilla tanga, deb bitta tilla tanga bersa. Afandi tilla tangani qo`liga olib, keyin tiliga tekkizibdi-da, cho`ntagiga solib qo`yibdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)