Qizlarga gap otmaysan, 50 50 olmaysan, Tunda yolg`iz yotmaysan, Uylanib ol bo`ydoqjon. It yaqin yo`lolmaydi, Qizlar o`ch ololmaydi, Ilon ham chaqolmaydi, Uylanib ol bo`ydoqjon. Topsang uyga tashiysan, Uylanib bosh qashiysan, Shunda baxtli yashiysan, Uylanib ol bo`ydoqjon. Yurakda sir qolmaydi, Yoqangda kir qolmaydi, Ortinga yo`l qolmaydi, Uylanib ol bo`ydoqjon. Dunyo ishidan tonasan, Xotin jag`iga ko`nasan, Issiq "PECHKA" li bo`lasan, Uylanib ol bo`ydoqjon. Qizlar sochin yulasan, Gapirsam sen kulasan, Uylan keyin bilasan, Uylanib ol bo`ydoqjon.! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)