Bir yigit avtobusga chiqibdi. Qarasa, yonida ketvorgan bir qiz turganmish. Yigit qizga mahliyo bo`lib qolibdi. Bir payt qiz: — Salom! — debdi. Yigit ham shosha-pisha alik olibdi. Qiz: — Ishlar yaxshimi? Yigit: — Rahmat, o`zingiz tinchmisiz? Qiz: — Men ham yaxshi. Nima qilyapsiz? Yigit: — Uyga ketyapman. Qiz: — Kechqurun bo`shmisiz? Agar bo`sh bo`lsangiz kinoga borardik! Yigit: — Ha, bo`shman! Qiz: — Unda kechki 18:00da qo`ng`iroq qiling! Yigit: — Ho`p bo`ladi! Raqamingizni ayting! — desa, qiz indamasmish. Yigit yana: — Raqamingizni ayting! - deb qizni turtsa. Qiz qulog`idan naushnikni chiqarib: — Tinchlikmi aka? Nega turtasiz? — dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)