Yo`l patrul xizmati mashinasi restoran yonida navbatchilik qilmoqda. Restorandan uchta kishi mast holatda chiqib kelib, har biri o`zlarini mashinasi o`tirishadi. Bir payt qarasa, orasida bitta mast erkak umuman oyoqda tura olmaydigan ahvolda rulga o`tirib, haydab ketibdi. DAN xodimi o`sha mashina orqasidan quvlab ketadi. "Darhol avtomobilni to`xtating", deb to`xtib qarasa, mashinadan umuman ichmagan, hushyor holatda haydovchi tushib kelibdi. Buni ko`rgan inspektor hayron bo`lib: — Axir qanaqasiga? Siz g`irt mast edingiz-ku?! - desa, haydovchi kulib: — Bugun GAIni chalg`itish navbati menga kelgandi-da, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)