Eshik taqillabdi: — Kechirasiz, sizga yangi chiqqan oq va qora ranglardagi ko`ylaklarimizni taklif qilmoqchiman. Sotib oling, zarar qilmaysiz. — Yo`q, rahmat, shart emas. — Mana bu oq ko`ylakni qarang, kiyib mazza qilasiz. — Kerak emas dedim sizga! — Ammo bir o`ylab ko`ring. — Agar yana bir marta shu haqda gapirsangiz, zinadan uloqtirib yuboraman. — Bu ko`ylakni kiymabsiz, bu dunyoga kelmabsiz... Uy egasi ko`ylakfurushni zinadan uloqtirib yubordi. U beton ustiga uchib tushib, ancha vaqt harakatsiz yotdi. Keyin bir amallab o`rnidan turdi va yuzlarini artib, yana zinadan ko`tarilib eshikni taqillatdi. — Oq ko`ylak bo`yicha fikringiz tushunarli. Endi qora ko`ylak to`g`risida gaplashsak... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)