O`lim to`shagida yotgan boy ikki o`g`liga me’rosini taqsimlab — Katta o`g`liga o`zining mayxonasini, aroqxo`r kichik o`g`liga esa qolgan hamma boyligini qoldirishga qaror qilibdi. Boyni holidan xabar olgani kelgan do`sti uning qaroridan xabar topgach, do`stiga maslahat berib: — Do`stim, boyligingni kichik o`g`lingga qoldirmoqchimisan? Axir u aroqxo`r bo`lsa, bir umr yig`gan davlatingni olti oyda ichib tugatadi-ku?! — desa, boy: — To`g`ri. Ammo shaharda bittagina mayxona bor, u ham bo`lsa katta o`g`limga tegishli bo`ladi! — degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)