Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan so`ng, erkaklarga quyidagicha ta’rif beradi: — Erkaklarni yer sharining hamma yerida uchratish mumkin; — Ular sut emuvchilar oilasiga mansub bo`lib, asosan, uylanish orqali ko`payishadi; — Ichmasa odamlarga deyarlik xujum qilmaydi; — Go`sht, tuxum, kolbasa, o`pka, jigar, buyrak, kalla pochani sevib iste’mol qilishadi. Ba’zan xotinlari pishirgan narsalar bilan ham oziqlanadilar; — Fe’li o`zgaruvchan bo`lib, necha yil umr ko`rishi xotiniga bog`liq; — Eng katta xatosi, xotini borligidadir; — Erkaklar asosan 4 turga bo`linadi: semiz, oriq, uzun va kalta. — Ular soatiga 20-25 km tezlikda harakatlanadilar. Ichib olganda esa soatiga 50 sm tezlik bilan yuradilar; — 20 yoshgacha bo`riga, 35 yoshgacha yo`lbarsga, 40 yoshgacha sherga, 50 yoshgacha ayiqqa, undan keyin esa, musichaga o`xshab qolishadi... Eng asosiysi: ... Tabiatda uning yagona kushandasi - xotinidir. Xotinini ko`rganida tashqi ko`rinishida qizarish, qaltirash, til aylanmay qolishi, nafas siqishi va telefonidagi smslarni o`chirishga urinish kabi salbiy holatlar kuzatiladi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)