Militsiyaga bir erkak qo`ng`iroq qilyapti: — Allo, militsiya, xotinim yo`qolib qoldi! — Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz? — Do`konga deb chiqib ketgandi... — Xotiningizni belgilari: Bo`yi? Soch rangi? — Bilmayman, bo`yini o`lchab ko`rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo`q! — Ko`zini rangi-chi? — Hecham ahamiyat bermaganman. — Qanday kiyimda edi? — Bilmayman ... — Mashinada ketganmidi? — Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o`rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o`rnatilgan, salonga monitor ham o`rnatib bergan edim, - deb yig`lab yuboribdi. — Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)