Podsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig`ib, farmoni oliy o`qidi: — Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko`rdik... Afandi o`rnidan turib podshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o`tirdi. — Ha, Afandi, — dedi podsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o`tirdingiz? Afandi qo`lini ko`tarib dedi: — Taqdirga tan bering, shohim! Men o`z vazifamni bajarishga kirishdim! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)