Bir kuni Afandi go`sht olib keldi. Xotini undan so`radi: — Nima ovqat qilay? — Bilmayman, bu qanaqa ovqatga yarasa, o`shani qila ber! Xotini go`shtni qo`liga olar ekan suyunib: — Qo`y go`shti yaxshi narsa-da, undan hamma narsani pishirish mumkin,— dedi. — Unday bo`lsa,— dedi Afandi,— hamma narsani pishira ber! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)