Bir kuni afandining xotini chuchvara tugib o`tirsa, yoniga mushugi kelib suykalibdi. Xotini uni bir tepib, haydabdi. Mushuk qasd olmoqchi bo`libdi. Chuchvara pishgach, afandi endi yemoqchi bo`lib turgan ekan, mushugi unga ham suykala boshlabdi. Afandi birinchi chuchvarani mushukka bersa, mushuk chuchvarani yeb, o`zini o`lganga solib yerga yotib olibdi. Afandi xotiniga: — Meni o`ldirmoqchi bo`ldingmi?, - deb baqira ketibdi. Mushuk esa bitta ko`zini ochib: — Ajab bo`pti, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)