Bir kuni geografiya o`qituvchisi globusni ko`rsatib: — Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev: — Men olmadim ustoz, - debdi. O`qituvchi yana so`rabdi: — Soliyev Afrikani menga topib ber! Soliyev: — Ustoz rostini aytyapman, men olmadim. Shunda o`qituvchi: — Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach: — O`g`lingizga Afrikani ko`rsat, qani deb so`rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi. Dadasi o`g`liga o`girilib: — O`g`lim, olgan bo`lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo`shnisini ko`chada ko`rib qolibdi-da, bo`lgan voqeani gapirib bersa, qo`shnisi: — O`zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)