Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o`qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh: — Sen nima deysan?, - desa Afandi: — Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi. Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o`qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o`girilib ketayotganmish. Podshoh: — Qayoqqa?, - desa, Afandi: — Zindon qayerda edi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)