Bir odam dam olib o`tirsa, to`satdan azroyil paydo bo`lib: — Joningni olaman, - debdi. — Ro`yxatingni ko`rsat-chi, - debdi boyagi odam. Ro`yxatni qarasa, rostan ham boshida turgan ekan. Haligi odam sekin yalinishga tushibdi: — Iltimos menga bir kun muhlat ber. Yaqinlarim bilan xayrlashib olay, - desa, azroyilni rahmi kelib, ruxsat beribdi. Haligi odam siqilib o`tirsa, yoniga xotini kelib: — Shunga ham siqilasizmi? Axir buni yo`li oson-ku! Azroyil kelsa, oldin yaxshilab mehmon qiling. Choyiga uyqu dori qo`shib qo`ying. U uyquga ketgach, yonidagi ro`yxatni olib, boshidan ismingizni o`chirib, oxiriga yozib qo`ying, - debdi. Eri ertasi kuni huddi xotini aytganidek qilibti. Azroyil uyg`ongach, haligi odamga qarab: — Rahmat senga ey odamzot! Mazza qilib dam oldim. Bu yaxshiligingni javobsiz qoldirmayman. Mayli men jon olishni ro`yxatni oxiridan boshlay qolaman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)