Kunlarning birida katta boy ziyofat berdi. Shahar hokimi va boshqa amaldorlar qatorida Afandini ham taklif qildi. Boy hokim uchun uyning to`ridan joy hozirlab, unga a’lo noz-ne’matlarni qo`yar, boshqa odamlarga oddiy ovqatlarni tortar edi. Afandi hokimning yoniga o`tirdi-da o`z kosasiga hokimnikini, almashtirib oldi. Buni ko`rgan boy toqatsizlanib qichqirdi: — Afandi, u ovqatga tegmang, zarar qiladi! — Bilaman,— javob berdi Afandi,— hokim hazratlari bu ovqatni yeb shikastlanib qolmasinlar, hokim uchun men zararlanay deyapman. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)