Imtihonda domla talabaga savol beryapti: — Besh karra besh? Talaba qo`lidagi shpargalkaga qarab: — Yigirma besh! Domla ham qo`li ostidagi shpargalkaga qarab: — To`g`ri! Olti karra olti? Talaba yana shpargalkaga qarab: — O`ttiz olti! Domla ham shpargalkaga qarab: — To`g`ri! Yetti karra yetti? Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi bo`lgandi domla uning qo`lini ushlab qoldi. Talaba o`ylanib: — Qirq yetti, - dedi. Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qo`lidan ushlab qolsa, domla ko`p o`ylamay: — To`g`ri, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)