Paxta terimi boshlanib, hamma ishchilar dalaga chiqishibdi. Bir yigit hammadan ko`p paxta terib, rekord o`rnatibdi. Rahbarlar xursand, do`stlari tabriklashibdi, hamma joyda shov-shuv ko`tarilibdi. Bir payt uchta paxtakor uni imlab, bir chetga chaqirishibdi-da: — Yangilikni eshitdingmi?, - deyishibdi. — Yo`q, - debdi yigit. — Manavini ichib ol, keyin aytamiz, - deb bir piyola aroq uzatishibdi. Yigit ichib: — Nima gap? Aytinglar, - desa, boyagi paxtakorlar yana bir piyola aroq uzatib: — Buniyam ich, xabarni eshitishing osonroq bo`ladi, - deyishibdi. Shunday qilib unga yana uch piyola aroq ichirishibdi-da, g`irt mast bo`lib bir chyetda yotgan yigitga qarab: — Endi gapni eshit! Hozir bu yerga televideniyadan kelishadi. Eng namunali paxtakor deb seni suratga olishmoqchi ekan, - deyisharmish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)