Bir kuni podsho Afandining o`g`lini huzuriga chaqirdi. Bolaning qaddi-qomati, qoshi-ko`zi xuddi otasinikiga o`xshar edi. Uning aqlini ham otasinikiga o`xshash-o`xshamasligini sinash uchun bolaga bir tilla bergan edi, u pulni sira olmadi. — Nega tillani olmaysan? — Onamdan qo`rqaman, u begona odamdan pul olmagin degan. — Yasha,— xursand bo`ldi podsho,— men onang aytgan begona odam emas, hukmdoring bo`laman, ola ber! — Men podsho ekanligingizni bilaman, onam bunga baribir ishonmaydida. — Nima uchun?—hayron bo`ldi podsho. — Agar podsho pul bersa, bir tilla emas, kuproq berar edi, deydi-da. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)