Komandir safdagi askarlarga: — Orangizda kim dushman tarafga yashirincha borib, hujum rejasini bilib kela oladi?, - debdi. Safdan bir gruzin askar chiqib: — Men boraman, - debdi. — Yaxshi, - debdi komandir, — Biz senga uchta granata va boshingga bitta kaska beramiz. — Menga aksincha, bitta granata va uchta kaska beraqoling, - deb askar dushman tomonga ketibdi. Oradan bir soat o`tibdi, ikki soat o`tibdi ... Gruzin askardan xabar yo`q emish. Komandir bitta askarni ortidan jo`natib, — Qarab kel-chi, nima gap ekan, - deb yuboribdi. Xabar olishga ketgan askar qaytib kelib komandirga: — Anavi gruzin safdoshimiz dushmanlarni o`rtasiga o`tirib olib, "Top-chi granata qaysi kaskani tagida! Topa olmading. O`rtadagi kaskani tagida ham emas. Yana o`n ming pul va hujum rejasini ber buyoqqa" deb o`ynab o`tiribdi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)