Bir tadbirkor o`zi ochgan xususiy firma eshigi yonida mijoz kutib o`tirsa, uzoqdan u tomonga kelayotgan yigitni ko`rib qolibdi. Tadbirkor uni mijoz deb o`ylabdi-da, yugurib borib telefon go`shagini olib: — Yo`q, yo`q! Bugun aslo iloji yo`q! Ishlarimiz juda-yam ko`p. Ertaga ham, indinga ham bandmiz. Keyingi hafta xabar oling! Navbatga yozib qo`yaman, - deb gapira ketibdi. Boyagi yigit esa tadbirkorga qarab turib: — Telefon ustasi chaqirganmidingiz? Tarmoq ishlamayotgan ekan, tuzatishga kelgandim, - debdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)