Kunlarning birida ota-o`g`il toqqa, dam olishga chiqishibdi. O`g`li toshga qoqilib, yiqilib tushibdi-da, og`riqdan: — Ay!, - deb baqiribdi. "Ay!" degan aks-sado kelibdi. — Kimsan?, - so`rabdi bola hayron bo`lib. "Kimsan" degan aks-sado eshitilibdi. — Tentak, - deb baqiribdi. Yana "Tentak" eshitilibdi. Adasi o`g`liga qarab, — To`xta, - debdi-da, — Sen zo`rsan!, - deb baqiribdi. "Sen zo`rsan" degan sado kelibdi. — Seni yaxshi ko`raman, - desa, "Seni yaxshi ko`raman" degan ovoz kelibdi tog`lardan. — Ko`rdingmi o`g`lim, men zo`rman va meni yaxshi ko`rishadi. Sen esa tentaksan, - degan ekan adasi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)