Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib: — Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi. Mast odam unga: —Kel yuzta-yuzta olaylik! — O`ylab ko`r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi. — Mayli. Qani oldik. — Endi ikkinchi tilagingni ayt! — Yana yuz-yuz quy! — Hoy inson, yaxshiroq narsa so`rasang-chi? — Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik. — Balki uchinchi tilagingga biror nima so`rarsan! — Yana yuzta-yuzta olaylik! — Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging. — Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi. Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib: — Mayli, to`rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)