Bir qiz ajoyib yigit bilan tanishib qolibdi. Yigit bilan har kuni uchrashib, biror joyga borishgach, qizni uyga olib kelib qo`yarkan-da, — To`xtang. Shoshmay turing!, - deb mashinasidan tushib, qizga eshikni ochib berarkan. Qiz dugonalariga maqtanib: — Hali bunaqa oliyjanob yigitni uchratmagandim, - debdi. Yigit esa yarim yildan beri mashinasining eshigini ichkaridan ham ochilishi uchun ustaxonaga olib borolmayotgan ekan... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)