Bir yigit taksi to`xtatib turgan ekan. Matiz, Jiguli kelib to`xtasa, o`tirmabdi. Oxiri Kobalt to`xtagan ekan o`tiribdi-da, haydovchidan so`rabdi: — Isming nima? — Azamat. — Sendan bir iltimosim bor Azamat. Hozir yaxshi ko`rgan qizimni yoniga ketyapman. Uni oldiga borganda, "Menga ruxsatmi xo`jayin?" deysan. Men "Ha" deyman. Keyin benzinga pul so`raysan, men senga besh ming beraman. Shu bilan oramiz ochiq, - debdi. — Haydovchi ham rozi bo`libdi. Qizni yoniga yetib borishibdi. Yigit qiz bilan ko`rishib tursa, kelishilganidek haydovchi — Menga ruxsatmi xo`jayin?, - debdi. — Ha ruxsat. Bo`shsan, - debdi yigit. Shunda haydovchi: — Xo`jayin mashinamizdan shovqin chiqyapti. Yuz ming bering, ustaga ko`rsatib kelay!, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)