Bir kuni hindular qabilasi boshlig`i qabiladoshlariga yadro quroli yasashni buyuribdi. Qabiladagilar darhol bitta katta daraxtni yiqitib, ichini o`yib, porox bilan to`ldirishibdi. Chetiga pilik ham o`rnatishibdi. — Endi qaysi davlatga otamiz bu qurolni?, - debdi qabilaboshi. — Amerikaga!, - debdi hamma. Bir payt hindular pilikni yoqib yuborishgan ekan, hamma yoq portlab, to`s-to`polon boshlanib ketibdi. Shunda hindular boshlig`i vayronalar orasidan: — Bizda shunaqa bo`lsa, Amerikada nima bo`layotgan ekan?!, - deb baqirarmish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)