Uchta yosh qiz vokzalda yurib ketayotgan poyezd ortidan "hay-hay"lab yugurib borishayotgan ekan. Bir payt ikkitasi poyezdga yetib, chiqib olibdi. Poyezd jo`nab ketibdi. Uchinchi qiz esa qo`lidagi yuklari bilan ularning ortidan xandon otib kula boshlabdi. Vokzal navbatchisi: — Nega kulyapsiz?, - desa, qiz: — Anavi poyezdga chiqib ketgan dugonalarim aslida meni kuzatgani chiqishgan edi, - debdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)