Kasalxonada yo`lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g`amgin holatda gap boshlabdi: — Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o`n yil yashashi mumkin. Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig`lab yuborishiga bir bahya qolganini ko`rib: — Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)