Ahmad, Shuhrat va Shavkat degan bezori yigitlar yarim tungacha ichib o`tirib, mast holatda uxlab qolishibdi. Uchchalasi ham bir xil tush ko`rishibdi. Tushida farishta qabuliga navbatda turishgan ekan. Birinchi bo`lib Ahmadga kiribdi: — Mana bu qalin kitobga seni gunohlaring yozilgan. Shu kitob bilan boshingga uraman. Yiqilsang, do`zzaxga tushasan, - debdi farishta Ahmadga. Ichkaridan “gurs” etgan tovush eshitilibdi. Birozdan keyin Ahmad emaklab, zo`rg`a chiqib kelibdi. Ikkinchi bo`lib Shuhrat kiribdi. Ichkaridan yana “gurs” etgan ovoz kelib, Shuhrat ham emaklab chiqib kelibdi. Oxirgi bo`lib Shavkat kirib ketibdi. Anchagacha hech qanday ovoz eshitilmabdi. Bir vaqt ichkaridan Shavkat kulib chiqibdi. — Nima, seni urmadimi? – deyishsa, — Yo`q, kitobni og`irligidan ko`tara olmadi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)