DAN xodimi bir avtomobilni to`xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o`nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab: — Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi. Haydovchi: — Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi. Ko`chadagi boshqa mashinada o`tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo`rquv bilan: — Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)