Go`sht bozorida sotuvchi yoniga xaridor kelib so`rabdi: — Nimani go`shti? Nima bilan bilan boqilgan? — Mol go`shti. Pokiza, halol go`sht, oling! Non, saryog`, qaymoqlar bilan boqqanman. Xaridor hujjatini ko`rsatib debdi: — Men tekshiruvchiman. Oziq-ovqatni shu yo`l bilan isrof qilyapsizmi?... Sotuvchi qo`rqqanidan, unga besh kilogramm bepul go`sht berib yuboribdi. Birozdan so`ng boshqa xaridor kelibdi. — Go`sht qanchadan?, - so`rabdi sotuvchiga qarab. — O`ttiz mingdan. Mol go`shti. Chiqindilar, axlatdan topilgan yemishlar bilan boqilgan. Bu xaridor ham sanitariya tekshiruvidan ekanini aytib, jarimaga tortmoqchi bo`libdi. Sotuvchi unga ham talaygina go`sht berib, zo`rg`a qutulib qolibdi. Uchinchi xaridor rasta yoniga kelib go`sht tanlay boshlabdi: — Go`shting tozzami? Nimalar berib boqgansan? Sotuvchi bu safar ham “tushib” qolishidan qo`rqib: — Bilmayman nima yeganini. Qo`liga pul berardim, ko`chaga chiqib ovqatlanib kelardi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)