Falsafa fanidan imtixon bo`lyapti... Talaba: Domla keling yaxshisi men sizga bir savol beraman, topsangiz zachyotkamga bahoimni qo`ymaysiz, topolmasangiz 5 baho qo`yib berasiz. O`qituvchi: Ho`p, eshitaylikchi... Talaba: Nima qonuniy-yu, mantiqiy emas, nima mantiqiy-yu, qonuniy emas, nima qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas? O`qituvchi savolga javob berolmay bahosini qo`yib berdi. O`qituvchi: Qani endi javobni o`zingizdan eshitaylikchi... Talaba: Siz xotiningiz bilan ZAGSdan o`tgansiz — bu qonuniy, lekin siz 70 yoshdasiz, xotiningiz 20 yoshda — bu mantiqqa to`g`ri kelmaydi. Sizning xotiningizni jazmani bor — bu mantiqiy, lekin qonunga xilof ish qilyapti — bu qonuniy emas. Siz hozirgina o`sha xotiningiz jazmaniga baho qo`yib berdingiz — bu qonuniy ham emas, mantiqiy ham emas. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)