Hokimyatga ushbu mazmunda shikoyat arizasi tushibdi: "Meni kvartiramni ro`parasida ayollar hammomi joylashgan. U yerdagi hamma narsalar menga ko`rinib turadi. Bu mening ahloqim, etikamga ma’naviy va jismoniy ta’sir ko`rsatyapti. Shuning uchun meni kvartiramni almashtirib berishingizni so`rayman". Bu masalani ko`rib chiqish uchun kommissiya a’zolari uyga kelib, tekshira boshlabdi. — Otaxon, nega yolg`on gapirasiz? Axir hech narsa ko`rinmayapti-ku!, - debdi tekshiruvchilar. — Shunaqami? Sen shkafni ustiga chiqib qara-chi?, - debdi. Kommissiya a’zolaridan biri shkafni ustiga chiqib qaray boshlabdi. — Yo`q. Baribir hech narsa ko`rinmayapti! — Sen chaproqqa surilgin. Yana..., yana-yam..., yana ozgina... Shkaf ustidagi odam "gurs" etib yiqilibdi. Boboy bo`lsa: — Ana ko`rdingmi o`g`lim?! Har kuni shu ahvol.., - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)