Qarg`a tumshug`ida pishloq tishlab, daraxtda o`tirgan ekan. Bir payt daraxt tagiga ayyor tulki kelibdi-da, qo`lidagi gazetani varoqlab o`qiy boshlabdi: — O`rmonimizdagi hayot kundan-kunga yaxshilanmoqda. Tez orada har bir daraxt shohlarida pishloqlar pishib turadi... Qarg`a esa buni eshitib, tulkining ustidan — "xa-xa-xa", - deb kulgan ekan, og`zidagi pishloq to`ppa-to`g`ri tulkining qo`liga kelib tushibdi. Shunda tulki pishloqni og`ziga solib, daraxt tepasidagi qarg`aga: — Gazetadagi xabarlar ustidan kulish yaxshi emas, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)