Afandi yog` olish uchun kosa ko`tarib bozorga boribdi. Yog`furushdan bir tangalik yog` so`rabdi. Yog`furush bir tangalik yog`ni kosaga quygan ekan, kosa to`lib, ozginasi ortib qolibdi. — Qolganini nima qilamiz? - so`rabdi yog`furush. — Orqasiga quy, - deb afandi kosani ag`dargan ekan, ichidagi yog` to`kilib ketibdi. Afandi ham ozginagina yog`ni ko`tarib, uyiga kelibdi. Yog`ni ko`rgan xotini qichqiribdi: — Shu yog`ni oldingiz xolosmi? Afandi bo`lsa: — Ey nodon, ko`p qichqirma! Bu yog`ida ham bor, - debdi-da, kosani ag`dargan ekan, qolgan yog` ham to`kilib ketibdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)