Bir psixolog talabalarga ma’ruza qila turib: — So`z bilan odamni har maqomga solish mumkin. Mana, hozir tajriba o`tkazib ko`ramiz, - debdi-da, qayoqqadir telefon qilib so`rabdi: — Qo`ziboyni mumkinmi? — Qo`ziboy bu yerda turmaydi, - degan javob eshitilibdi. Go`shakni bir daqiqadan so`ng olib, yana o`sha raqamni teribdi: — Qo`ziboyni chaqirib bering. — Qo`ziboy bu yerda turmaydi deyapman-ku! — go`shakdan asabiy ovoz eshitilibdi. — Ana, eshitdingizmi, astoydil jahli chiqyapti, - debdi psixolog. — So`z bilan odamni jinni qilib qo`yish mumkin, - dedi bir talaba. - Ishonmasangiz, telefonni berib turing, hozir ko`rasiz. Talaba tezda o`sha raqamga qo`ng`iroq qilib: — Allo! Men Qo`ziboyman. Meni hech kim so`ramadimi? Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)