Afandining qo`shnisi to`y qildi, to`yga odamlarni xat orqali chaqirtirmoqchi bo`lib, taklifnomalarni tarqatib berishni Afandidan iltimos qildi. Afandi qo`shnisining iltimosini qaytara olmadi, shaharda takabburligi bilan tanilgan bir boynikiga ham qog`oz olib bordi. Boy Afandidan taklif qog`ozi yuborilganiga g`ashi kelib, so`radi: — Taklifnoma olib kelish uchun sendan ko`ra durustroq odam topilmadimi? — Durustroq odamlar ham bor edi-yu,— dedi Afandi,— ammo ular durustroq odamlarnikiga xat olib ketdilar. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)