Shahardan qishloqqa tushgan kelinga qaynonasi sigir sog`ishni buyuribdi. Bir soat o`tibdi, ikki soat o`tibdi. Kelin og`ilxonadan chiqmasmish. — Bor, xotiningdan xabar olchi, - debdi qaynona o`g`liga. O`g`li og`ilxonadan qaytib kelib, qotib kular emish. Onasi o`g`lidan, - nima bo`ldi?, - deb so`rasa, o`g`li: — Keliningiz sigirni sog`ib, "unisini ham sog`ib olay" deb buqaning ortidan quvlab yuribdi, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)