Katta bir korxonaning rahbari ishchilar intizomini tartibga solib qo`ymoqchi bo`libdi. Ishyoqmas, dangasa biror xodimni ishdan bo`shatib, qolganlarga namuna ko`rsatib qo`yish niyatida tekshiruvga chiqibdi. Qarasa, bir yosh ishchisi korxona hovlisida devorga suyanib, dam olib turgan ekan. Rahbarning fig`oni falakka chiqibdi. Yosh yigitning yoniga kelib: — Senga bir haftada nechi pul to`lashadi?, - deb so`rabdi jahl bilan. — Olti yuz ming, - javob beribdi hayron bo`lib. Rahbar boshqalarga ham o`rnak bo`lsan degan maqsadda, xonasidan ikki yarim million olib chiqibdi-da yosh ishchisini qo`liga tutqazib debdi: — Mana, to`rt haftalik maoshingni ortig`i bilan olgin-da, bu yerdan yo`qol, qaytib kela ko`rma! Yigit pulni olib, indamasdan ketibdi. Rahbar esa bu holatni kuzatib turgan ishchilarga qarata: — Kim edi u ishyoqmas?, - deb so`rasa, Ishchilardan biri: — Pitssa tashish xizmatidan edi. Olib kelgan pitssasini pulini kutib turgandi, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)