Qahraton qish kunlarining birida, ko`chada qalin qor yog`ib, kuchli bo`ron esayotgan ekan. Bir kishining eshigi taqillab qolibdi. Qarasa, eshik oldida sovuqdan muzlab qolgan go`zal ayol turgan emish. Uy egasi uni ichkariga taklif qilibdi. Ayol: — Muzlab qoldim, - debdi. Haligi kishi ayolni olov yoniga taklif qilibdi. — Baribir isimayapman, - debdi ayol yana. Ayolni issiq kiyimlari bilan o`rab, qaynoq choy bergan kishi, - endi-chi?, - debdi. — Bunday vaqtlarda rahmatli erim meni quchoqlab, tanasi bilan isitib qo`yardi, - deb erkalana boshlabdi ayol. Uy egasi esa: — Ko`chada qalin qor yog`ib, kuchli bo`ron ko`tarilgan. Bunday havoda eringizni tanasini olib kelolmayman, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)