Qahraton qishda afandining uyiga mehmon kelibdi. Afandi issiq sandalda dutor chalib o`tirgan ekan. Duoi fotihadan so`ng mehmon so`radi: — Yangamiz ko`rinmaydilar? — Tashqarida o`tin yoryapti. — Siz issiq uyda dutor chalib o`tirsangiz, ayolingiz sovuqda o`tin yorsa, shuyam insofdanmi?, - debdi mehmon. — Yangangiz dutor chalishni bilmasa, nima qilay? Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)