Bir qishloqning yo`lida kattakon chuqur bor ekan. Shu yo`ldan o`tgan odamlar chuqurga tushib, jarohatlanisharkan. Kunlarning birida uchta odam shu chuqurni yoniga kelib, tortishib qolishibdi: — Bilasizlarmi? Shu chuqurni yoniga tez yordam mashinasini olib kelib qo`yish kerak. Shunda, yiqilgan odamga yordam ko`rsatish oson bo`ladi, - debdi birinchisi. — E, yo`g`-ye! Undan ko`ra, shu yerga kasalxona qurish kerak. Yiqilgan odam darrov kasalxonaga boradi, - debdi ikkinchisi. Shunda uchunchi odam o`ylanib turib: — Obbo, ikkalangni ham aqling yo`q ekan. Yaxshisi, chuqurni ko`mib, biror yaqin kasalxona oldidan chuqur kavlatish kerak, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)