Afandi yangi uy qurdirish niyatida chiroyli, baland uylarga qarab yurgan ekan. Bir kuni oldidan judayam hashamatli uy chikibdi. Bu uy afandiga yoqib, uyni qurgan ustani topmoqchi bo`lib tursa, bitta rus yigit o`tib qolibdi. — Bu uyni kim qurganini bilmaysanmi?, - desa, — Ya neznayu, - debdi yigit. Afandi esa bu "Ya neznayu" deganlari ustani ismi deb o`ylabdi. Uni qidirib ketayotsa, oldidan yana bitta chiroyli uy chiqibdi. Bu uy oldingisidan ham chiroyli ekan. Bu uyni qurgan ustaga uyimni qurdiraman, degan hayolda tursa, oldidan rus ayol chiqibdi. — Bu uyni kim qurganini bilmaysizmi?, - debdi afandi. Ayol esa: — Ya neznayu, - deb javob qaytaribdi. — "Ya neznayu" degani o`ylaganimdanam zo`r ekan. Bu ustaning uyini albatta topaman, - deb ketaveribdi. Bir payt oldidan qabr chiqibdi. Qabrning yonginasidan o`tib ketayotgan rus choldan: — Bu kimning qabri?, - so`rabdi afandi. Chol esa: — Ya neznayu, - debdi. Afandi cholning javobini eshitib: — Kech qolibman-da, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)