Imtihon savoliga javob topolmay o`tirgan talaba yoniga o`qituvchi kelib: — Bu fandan biliming yomon ekani ko`rinib turibdi. Kel, senga boshqa savol beraman. Mana shu xonada nechta chiroq bor? - debdi. Talaba savolga javob topa olmay o`tirganida, tepadagi chiroqlarni sanab chiqqan ekan. U darrov, - sakkizta, - debdi. O`qituvchi esa: — Topolmading. Meni portfelimdagi bilan to`qqizta. Imtihondan o`tolmading, - debdi. Talaba ikkinchi martta imtihonga kirib, yana shu holatga tushibdi. Endi u professorni savoliga, - to`qqizta chiroq bor, - deb javob beribdi. Professor: — Topa olmading. Bugun meni portfelim bo`sh, - dyesa, Talaba: — Lekin meni sumkamda bor!, - degan ekan talaba. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)