Mashhur aviakompaniya yangi uchuvchilarni ishga olish maqsadida nomzodlarni suhbatga chaqiribdi. Suhbatga birinchi bo`lib nemis kiribdi: — Nechi yildan buyon uchasiz? — Uch yil. — Qancha maosh olishni xohlardingiz? — Uch million. Bir million o`zimga, bir million xotinimga va bir million sug`urtaga. Suhbatga ikkinchi bo`lib ingliz kiribdi. — Nechi yillik tajribangiz bor? — Olti yillik. — Maoshingiz qancha bo`lishini xohlaysiz? — Olti million. Ikki million o`zimga, ikki million xotinimga va ikki million sug`urtaga. Uchinchi bo`lib suhbatga rus kiribdi: — Nechi yildan beri parvoz etasiz? — Ey, men umuman balandlikdan qo`rqaman. Lekin to`qqiz million olishni istayman. Uch million menga va uch million sizga...! Aviakompaniya direktori aqldan ozay debdi. Hayratlanib yana so`rabdi: — Unaqada kim uchadi? — Nemis-da! Axir u uch millionga rozi-ku! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)