Bir yigit sochini kaltalatgani sartaroshga boribdi. Sartarosh yigitga savol beraveribdi: — Uylanganmisiz? — Ha. — Xotiningiz nima ish qiladi? — Ayol kishi qiladigan ishlar, shular bilan band. — Xotiningizga ichib uyga borganingiz yoqadimi? — Qaysi ayolga ichgan erkak yoqadi? — Xotiningiz..... — Aka jonga tegdingiz. Tushunaman, sartaroshlar mijozi bilan gaplashib ishlashadi. Lekin nimaga sizni xotinim qiziqtirib qoldi? Har gapingizda xotinimni so`raysiz. Nima xotinim bilan orangizda biror gap bormi? — Hafa bo`lma ukam. Har gal xotiningni so`rasam soching tikka bo`lyapti. Sochingni osonroq olyapman-da. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)