Poyezdda ketayotgan erkak chekish uchun yo`lakka chiqibdi. Bir payt qarasa, poyezd relsdan chiqib, o`rmon tomonga yurib va yana relsga qaytayotgan emish. Ko`zlariga ishonmasdan mashinistni oldiga yugurib borib: — Nima qilyapsiz?, - debdi haligi odam. Mashinist esa: — Poyezd relsida bir yigit o`tirgan ekan. Shu yigitni quvladim, - debdi xotirjam. — Xo`sh, qochib ketdimi? - qiziqib so`rabdi yo`lovchi erkak. — Yo`q, o`rmonga kirmasidan yetvoldim. Keyin ortimga qaytdim, - dermish mashinist. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)